MILLIY QADRIYATLAR VA URF ODATLAR
Keywords:
milliy qadriyatlar, urf-odatlar, mehmondo‘stlik, Navro‘z, mahalla tizimi, oilaviy marosimlar, Ipakyo‘li, zardushtiylik, islomiy madaniyat, O‘zbekiston tarixi, mustaqillik davri.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va urf-odatlarining tarixiy shakllanishi, rivojlanishi hamda bugungi ahamiyati ko‘rib chiqildi. Miloddan avvalgi VI–VII asrlardan boshlab mustaqillik yillarigacha bo‘lgan jarayonda mehmondo‘stlik, kattalarga hurmat, oilaviy birlik, mahalla tizimi va Navro‘z bayrami kabi milliy urf-odatlarimizning roli tahlil qilindi. Bilamizki, ipak yo‘li, zardushtiylik, turkiy va islomiy madaniyatlar ta’sirida shakllangan bu qadriyatlar sovet davridagi cheklovlardan keyin mustaqillikdan so‘ng qayta tiklanib, milliy o‘zlikni saqlash va jamiyatni birlashtirishning asosiy omiliga aylandi. Tadqiqot ishida tarixiy manbalarga asoslanib, ushbu merosning zamonaviy hayotdagi o‘rnini ochib berildi.
References
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XVI asr oxirigacha). Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. (Mumtoz adabiyot orqali milliy qadriyatlar va urf-odatlarning ifodasi haqida chuqur tahlil).
2. Orzibekov R. O‘zbek adabiyoti tarixi (XVII–XIX asrlarning birinchi yarmi). Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. (Adabiyotda milliy urf-odatlar va qadriyatlarning aks etishi).
3. Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2023. (Milliy qadriyatlar tarixi, mutafakkirlar qarashlari va zamonaviy ahamiyati haqida maqolalar to‘plami).
4. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. (Navro‘z, oilaviy marosimlar va zardushtiylik merosi haqida etnografik tadqiqot).
5. Sattor M. O‘zbek udumlari. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. (Milliy udumlar va urf-odatlarning batafsil tavsifi).
6. To‘xliyev B. va boshq. Adabiyot (10-sinf darslik-majmuasi). Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. (Qadimiy turkiy adabiyot va milliy qadriyatlar haqida bo‘limlar).
7. Tuxtayev O.X. Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning o‘rni. Samarqand, 2022. (Uslubiy qo‘llanma, yoshlar tarbiyasida urf-odatlarning roli).

