MILLIY TIL VA MILLIY MANFAAT
Keywords:
Eski o‘zbek tili, Alisher Navoiy, milliy til, Davlat tili, milliy manfaat, ona tili, til siyosati, globallashuv.Abstract
Ushbu maqolada milliy til va milliy manfaat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, o‘zbek tilining shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari hamda bugungi kunda davlat tili sifatidagi o‘rni keng yoritilgan. Maqolada Eski o‘zbek tili (yoki chig‘atoy tili)ning ildizlari qadimgi turkiy tilga borib taqalishi, uning XI–XIX asrlarda yozma adabiy til sifatida shakllanib, Alisher Navoiy davrida eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilgani haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, asarda o‘zbek adabiy tilining milliy o‘zlikni anglash, madaniyat va ma’naviyatni asrab-avaylashdagi ahamiyati tahlil etilgan. Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, til siyosati sohasidagi islohotlar va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan sa’y-harakatlar tilimiz nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanadi.
Muallif tilni millatning ma’naviy boyligi, birlashtiruvchi kuchi deb e’tirof etib, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, globalizatsiya davrida ona tilining sofligini saqlash, zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish, yosh avlodda tilga hurmat va e’tiborni shakllantirish zarurligi qayd etiladi.
References
1. Asqarov A., O‘zbek tilining kelib chiqish tarixi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2019.
2. O.U.Shukurov. O‘zbek tili zamonaviy o‘zlashmalarining evolyutsiyasi, transformatsiyasi va leksikografik talqini masalalari (mustaqillik davri) Filologiya fanlari doktori (DSC) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.2022.
3. Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: O‘qituvchi, 1998. 34-41 bet.
4. Raxmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. Darslik. –T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
5. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.Toshkent, 2002.

