MA’RIFATPARVAR JADIDLAR MEROSINI ANTROPOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Akobirov Roziddin Shuhrat oʻgʻli Osiyo xalqaro universiteti Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti Pedagogika yo‘nalishi1-kurs magistri Author

Keywords:

jadidchilik, ma’rifatparvar jadidlar, antropologik yondashuv, ta’lim texnologiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, milliy ong, pedagogik innovatsiyalar.

Abstract

Mazkur tezisda ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qitish masalalari antropologik yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Antropologik yondashuv jadidlar merosini faqat tarixiy hodisa sifatida emas, balki inson shaxsini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy ongni rivojlantirish omili sifatida o‘rganishga imkon beradi. Tadqiqotda jadidlarning ma’naviy-axloqiy qarashlari, ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalari va pedagogik faoliyati zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyada yoritiladi. Shuningdek, interfaol metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va kompetensiyaviy yondashuv asosida jadidlar merosini o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etiladi.

References

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent, 2017.

3. Qosimov B. Jadidchilik harakati va uning ma’naviy asoslari. – Toshkent: Fan, 2004.

4. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, 1992.

5. Xo‘jayev F. Jadidlar va milliy uyg‘onish masalalari. – Toshkent, 2010.

Downloads

Published

2026-01-28