TALABALARGA TA'LIM BERISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH TEHNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHDA AKT NING O'RNI
Keywords:
Pedagogik kompetensiya, interfaol metodlar, ta’lim texnologiyalari, AKT, raqamli ta’lim, innovatsion metodika, masofaviy ta’lim.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, ayniqsa, talabalarda ta’lim berish kompetensiyasini shakllantirishda interfaol metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) kompleks foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Ta’lim sifatini oshirishda interfaol metodlarning didaktik imkoniyatlari, talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va ijodkorligini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, AKT vositalari (interaktiv doskalar, raqamli platformalar, onlayn simulyatorlar, LMS tizimlari) orqali ta’limni modellashtirish, masofaviy va aralash ta’lim shakllarida metodik yondashuvlarni takomillashtirish yo‘llari asoslanadi. Maqola yakunida AKT va interfaol metodlarning uyg‘unligi asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.