ASAB TIZIMI VA STRESS FIZIOLOGIYASI BOLALAR VA OʻSMIRLAR UCHUN PSIXONEYROIMMUNOLOGIK TADQIQOTLAR

Authors

  • Aliyeva R.A Amaliyot rahbari: Author
  • Madaminova Roxilaxon Numonjon qizi Andijon davlat chet tillari instituti talabasi Author

Keywords:

stress fiziologiyasi, asab tizimi, oʻsmirlar, bolalar, kortizol, immunitet,gipotalamus, endokrin tizimi, kognitiv-behaviorial terapiya

Abstract

Mazkur maqolada bolalar va o‘smirlar organizmida stressning asab va immuntizimi faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil etiladi.

 Psixoneyroimmunologiya sohasi nuqtayi nazaridan stressning markaziy asab tizimi, vegetativ asab tizimi va endokrin tizim orqali organizmda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida stressga nisbatan orttirilgan sezgirlik tufayli organizmda yuzaga keladigan fiziologik va psixologik reaksiyalar,stressga bog‘liq gormonlar (kortizol, adrenalin, noradrenalin) darajasining oshishi va buning immun funksiyalariga salbiy ta’siri batafsil yoritiladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, stress ta’sirida bolalar va o‘smirlar ko‘pincha surunkali yallig‘lanish jarayonlariga duch keladilar, immunitet zaiflashadi va psixik salomatlikda jiddiy oʻzgarishlar, xususan, xavotir, depressiv holatlar va o‘zini past baholash holatlari kuzatiladi. Maqolada, shuningdek, bolalik davrida stressning miya rivojlanishiga, neyroendokrin tizim shakllanishiga va kelajakdagi moslashuvchanlik darajasiga uzoq muddatli ta’siri haqida ham fikr yuritiladi.Psixoneyroimmunologik yondashuvlar asosida stressga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan profilaktik strategiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Kognitiv-behavioral terapiya, ijtimoiy-emotsional yordam, jismoniy faollik va dam olish texnikalari orqali stress darajasini kamaytirish bolalar va o‘smirlarning umumiy salomatligini yaxshilashda muhim omil sifatida ko‘rsatiladi.

References

1) 1.Gilyarovskiy V. A. Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi. — Moskva: Prosveshcheniye, 2019.

2) 2.Marinova I. A. Bola yoshidagi psixoneyroimmunologiya. — Sankt-Peterburg: Piter, 2021.

3) 3.Aliyeva R. А. Влияние туризма на физиологические особенности детей //ScienceandEducation. –2024. –Т. 5. –No. 11. –С. 262-269

4) 4.Asadov J. A., Yunusov Sh. Yo. Bola yoshidagi psixologiya va fiziologiya. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

5) 5.Aliev A.Sh. Gigiyena va yosh fiziologiyasi asoslari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

6) Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi bo‘yicha darslik. — Toshkent: TDShI nashriyoti, 2022.

7) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Child and Adolescent Mental Health. https://www.who.int

Downloads

Published

2025-05-19