JIZZAX VILOYATIDA EGAR-JABDUQ YASALISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Authors

  • Muhammad Tilavboyev JDPU, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masafaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi. Author

Keywords:

Jizzax viloyati, Bahmal tumani, egar-jabduq, an’anaviy hunarmandchilik, madaniy meros, ustoz-shogird an’analari, teri ishlash, naqshlar, turizm.

Abstract

Ushbu maqolada Jizzax viloyatida qadimdan rivojlangan hunarmandchilik sohalaridan egar-jabduq yasash san’atining tarixiy shaklanish jarayonlari va zamonaviy sharoitda saqlanib qolishi masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda egar-jabduq ishlab chiqarishning an’anaviy usullari, materiallari, bezaklari va bu sohaning viloyat madaniy merosidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, egar-jabduq yasash jarayonida qo‘llaniladigan tabiiy materiallar (teri, yog‘och, oqtol), ularni qayta ishlash texnologiyalari, naqshlar va bezaklarning madaniy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor sifatida, Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi ustalar Tursunboy Asqarov, Mirzabek Bozorboyev tajribasiga qaratilgan bo‘lib, ularning ish usullari, ustoz-shogird an’analari va mahalliy xususiyatlari dala so‘rovnoma shaklida tadqiq etilgan. Xususan, maqolada egar-jabduq yasash san’atining hozirgi kundagi holati, uning turizm va iqtisodiyotdagi roli kabi masalalariga to‘xtalingan. Tadqiqot natijalari asosida an’anaviy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari yoritilgan.

References

Islomov Z., “The role of the International islamic academy of Uzbekistan in the development of islamic studies” The Light of Islam: Vol.2019: Iss. 1, Article 1.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-405-son qarori. https://www.lex.uz/uz/docs/-6713096

3. Mahmudov N. va boshqalar. So‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari/Academic research in educational sciences. Volume 2. 2021. –B. 692-710.

4. Bobojonov D., Maxtumquli Firog‘iy o‘qigan madrasa/Innovatsiya va tadqiqot ilmiy-metodik, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnal. 9-son. – Urganch. 2024. 16-bet.

5. Elmuratova Sh. O‘zbekistonda muzeylarning vujudga kelish jarayonlari, ularning faoliyatida Rossiya imperiyasi va sovet hokimyatining ta’siri. /Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent: 2022. -B. 129-130.

6. Almanov Q. Jizzaxning Chubar eli va uning qisqacha tarixi/O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari. Vol. 1. № 1. Toshkent:. 2024. –B. 1-4.

7. Dala tadqiqoti: Baxmal tumani Novqa qishlog’i Tursunboy Asqarov va Mirzabek Bozorboyev.

Downloads

Published

2025-05-13