C++ DASTURLASH TILIDA SINFLAR VA OBYEKTLAR
Keywords:
++ dasturlash tili, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, sinf, obyekt, inkapsulyatsiya, meros olish, polimorfizm.Abstract
Mazkur maqolada C++ dasturlash tilida muhim mavzulardan biri bo‘lgan sinflar (classes) va obyektlar (objects) tushunchalari atroflicha yoritilgan. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) paradigmasining asosi bo‘lgan bu tushunchalar dasturiy ta'minotni modullashtirish, kodni qayta foydalanish va dastur tuzilmasini aniq va ravon tashkil qilish imkonini beradi. Maqolada avvalo sinf nima ekani, uning tarkibiy qismlari — atributlar (xususiyatlar) va metodlar (funktsiyalar) haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, sinf yordamida obyekt yaratish, konstruktorlar va destruktorlardan foydalanish, inkapsulyatsiya, meros olish (inheritance) va polimorfizm kabi konseptlar amaliy misollar asosida tushuntiriladi.
Maqola C++ dasturlash tilida yangi o‘rganayotganlar uchun ham, malakali dasturchilar uchun ham foydali bo‘lib, real hayotdagi modellarning dasturiy ko‘rinishini yaratishda sinflar va obyektlardan qanday samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Annotatsiyada, shuningdek, OOP’ning amaliy ahamiyati, uning dastur sifati va ko‘p martalik ishlatish imkoniyatlarini oshirishdagi o‘rni ham alohida ta’kidlangan.
References
Bjarne Stroustrup – Programming: Principles and Practice Using C++ (2nd Edition)
2.Bruce Eckel – Thinking in C++ (Vol 1 & 2)
3.Stanley B. Lippman, Josée Lajoie, Barbara Moo – C++ Primer (5th Edition)
4.Bjarne Stroustrup – The C++ Programming Language (4th Edition)