AKTYORLIK MAHORATI ELEMENTLARI MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Keywords:
rejissura, g‘oya, emotsional, matbuot, sahna, omma, tadbir.Abstract
Madaniy-ommaviy tadbirlarda kinofragmentlardan foydalanishning «assotsiatsiya» usulini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pincha shunday hodisa vujudga keladiki, tashkilotchilar tadbir epizodining syujetiga aynan va bevosita mos keladigan kinolavha topisholmaydi. Bunday vaqtda epizod mazmuni bilan bog‘lanib ketishi mumkin bo‘lgan kinolavha tanlanadi. Masalan: «Onalar tinchlik uchun kurashda» nomli kechada ona o‘g‘lining o‘limi haqida xat oladi. Bu psixologik holatda ona o‘g‘li bilan oxirgi uchrashuvini eslaydi. Xuddi shu paytda ekranda «Soldat haqida ballada» filmidan parcha - onaning o‘g‘li Alyosha bilan oxirgi uchrashuvi lavhasi ko‘rsatiladi. Ijodkorlikni talab qiladigan bu usul kinolavhalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi, tadbirni boyitadi.
References
1. www.ziyo.uz electron kutubxonasi
2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. Mittaning «Jannat va jahannam orasidagi kino» kitobi._–T.:
4. «Fan va texnologiya» 2014 364-bet.

