Konstitutsiya bilan bir kun

Authors

  • Sulaymonova Gulinura Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-kurs talabasi Author

Abstract

Jasur bugun boshqa kunlardan farqli oʻlaroq qushlarning quvnoq qo’shig’idan uygʻonib, derazasidan boqib, hayotining tinch va osoyishta kechayotganidan bagʻoyatda quvondi. Uning moʻmay daromadli ishi, baxtli oilasi va shinamgina uyi bor edi. Shular uchun bomdod namozida Xudoga shukr keltirdi. Oʻzi uning ilk konstitusiyaviy erkinligi mana shu bomdod namozidan boshlangan edi. Chunki Konstitutsiyaning 35-moddasida vijdon erkinligi hamma uchun barobar ta'minlanib qoʻyilgan. Lekin umrida biron marta ham Konstitutsiyasini varaqalab koʻrmagani uchun, u zavqlanayotgan mana shu barcha qulayliklar eng asosiy qonun hisoblanmish Konstitutsiyaning kafolati ekanligini anglamasdi. Ammo uning hayotining har bir jabhasida ushbu qonunning ta'siri sezilmay qolmasdi. Bugun esa Jasur e'tibordan chetda qoldirayotgan oliy hujjatning uning bir kunlik hayotidagi roli haqida u bir kun davomida amalga oshiradigan ishlari orqali tahlil qilamiz.

Downloads

Published

2025-04-11