QANDLI DIABET KASALLIGI OQIBATIDA KELIB CHIQADIGAN DIABETIK OYOQ SINDROMINI XIRURGIK USULDA DAVOLASHNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH.

Authors

  • Alisherova Madina Muratbekovna Alfraganus university Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yonalishi 3 bosqich talabasi alisherova.madina00@mail.ru tel: +998 99 329 14 24 Author
  • O’rinov Alisher Musirmon o’g’li Alfraganus university Tibbiyot kaferdasi v.v.b. dotsenti Phd a.orinov@afu.uz tel: +998901760663 Author

Keywords:

Qandli diabet, diabetik oyoq sindromi, xirurgik davolash, amputatsiyani, mikroxirurgiya, nekroektomiya.

Abstract

Dunyo bo'ylab taxminan 463 million kishi qandli diabet bilan kasallangan. Buni Xalqaro qandli diabet federatsiyasi tomonidan 2019 yilda olib borilgan hisob-kitoblar tasdiqlaydi. Shuningdek, 2045-yilga borib butun dunyoda qandli diabetga chalinganlar soni 700 millionga yetishi kutilmoqda. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar sonining ortib borishi va diabetik oyoq sindromining nogironlikka olib kelish xavfi masalaning dolzarbligini yanada oshiradi. [5] Ko’pgina hollarda konservativ usullar yetarli samara bermasligi sababli xirurgik aralashuv muqarrar bo’ladi. Zamonaviy mikroxirurgiya va endovaskulyar usullar yordamida oyoqni saqlab qolish, bemorlarning hayot sifatini oshirish va tibbiy xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari yanada kengaymoqda.[3]  Bu boradagi ilmiy izlanishlar va klinik natijalarni baholash kasallikni yanada samarali boshqarish uchun muhimdir.Qandli diabet butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo’lib, uning asoratlari bemorlarning hayot sifati va umr davomiyligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. [1]. Diabetik oyoq sindromi qandli diabetning eng og’ir va murakkab asoratlaridan biri hisoblanadi. Bu holat oyoq to’qimalarining ishemiyasi, infektsiyasi va nekrozi bilan kechadi.[2]  Diabetik oyoq sindromining o’z vaqtida aniqlanishi va samarali davolanishi, ayniqsa, xirurgik usullarni qo’llash orqali amputatsiyaga olib keluvchi jarayonlarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. [4] Ushbu tadqiqot diabetik oyoq sindromini xirurgik usulda davolash samaradorligini baholashga bag’ishlanadi.

References

1. Abdurashitova Diyora Kenjayevna // Qandli diabet kasalligi va uning zamonaviy davolash usullari. Insulin pompalarining qo’llanilishi // Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19 th April, 2023 ISSN: 2835-3730

2. Maxmudova Z.V., Olimjonova S.G’., Olimova U.G’. Qandli diabet kasalligini aniqlash va uning II tipi bo’yicha kasallanish holatlari // Research Focus, Uzbekistan № 2 2023 214-222 bet

3. Балаболкин МИ. Диабетология. Москва, РФ: Медицина; 2002. 672 с.

4. Шарофова М.У., Сагдиева Ш.С., Юсуфи С.Д. Сахарный диабет: современное состояние вопроса // Вестник авиценны Том 21 * № 3 * 2019 502-512 C

5. Global Burden of Disease Collaborative Network. Global Burden of Disease Study 2021. Results. Institute for Health Metrics and Evaluation. 2024 (https://vizhub.healthdata.org/gbd-results/).

Downloads

Published

2025-03-10