MUMTOZ ADABIY MATNLARNI O‘RGANISHDA IZOHLI LUG‘ATLARNING ILMIY AHAMIYATI

Authors

  • Abduraximova Muxlisa Author

Keywords:

mumtoz adabiyot, mumtoz matn, izohli lug‘at, lug‘atshunoslik, sharh, sharhlab o‘qitish, badiiy matn, matnni o‘qib tushunish, tarixiy so‘zlar, arxaik so‘zlar, lug‘aviy izoh, matn tahlili, Alisher Navoiy, lug‘at bilan ishlash, o‘qish savodxonligi.

Abstract

Ushbu tezisimizda mumtoz adabiy matnlarni o‘rganish jarayonida izohli lug‘atlarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Mumtoz asarlarda uchraydigan tarixiy, arxaik, umumturkiy, arabiy va forsiy-tojikcha so‘zlarning mazmunini anglashda lug‘atlar muhim vosita sifatida xizmat qilishi tahlil etilgan. Matnni sharhlab o‘qish jarayonida notanish so‘zlar ma’nosini aniqlash, ularni lug‘at daftari asosida o‘zlashtirish, ma’nodosh va ko‘chma ma’noli birliklarni izlash o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam berishi asoslangan. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan boshlangan lug‘atchilik an’analari hamda mumtoz adabiyot namunalarini tushunishda shakllangan lug‘aviy manbalarning ilmiy qiymati haqida fikr yuritilgan. Izohli lug‘atlar nafaqat alohida so‘z ma’nosini ochib beruvchi manba, balki muayyan davr tili, adabiy muhiti va tarixiy-madaniy jarayonlarini anglash imkonini beruvchi ilmiy vosita sifatida baholangan.

References

1. Tursunova M. Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari. - Toshkent: Mumtoz so‘z, 2017. - 35 b.

2. Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. - Toshkent, 2012. - 52 b.

3. Komilov N. Ma’nolar olamiga safar. - Toshkent: Tamaddun, 2012. - 4 b.

4. Abdullayev V. O‘zbek mumtoz adabiyoti. - Toshkent: Fan, 2003. - 165 b.

5. Qodirov V. Umumta’lim maktablarida mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari. - Namangan, 2019. - 128 b.

6. Komilov N. Bu qadimiy san’at. - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1988. - 114 b.

Downloads

Published

2026-09-12