"KECHA VA KUNDUZ" --- ZEBI HIKOYASI
Keywords:
Zebi,sevgi,erkinlik,asar,roman,hayot, inson,joy, muhabbat, tuygʻu,fazilat.Abstract
Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani XX asr boshidagi Turkiston hayoti, mustamlaka davri fojiasi va inson taqdirini ochib beruvchi oʻzbek adabiyotidagi eng buyuk asarlardan biridir. Asarning asosiy mazmuni Zebi obrazi, ijtimoiy muhit va ramziy maʼnolarga tayanadi.So'zboshining "Hamal keldi --- amal keldi" sarlavhasi bilan boshlanishi"Hamal — eski shamsiy taqvimdagi oy nomi bo‘lib, taxminan 22-martdan 21-aprelgacha bo‘lgan davrni bildiradi. Bu davr bahorning boshlanishi, tabiat uyg‘onadigan payt hisoblangan..Amal — ish, mehnat, harakat degan ma’nolarni anglatadi.Shuning uchun “Hamal keldi — amal keldi” degani:bahor kelishi bilan insonlar ham mehnatga kirishadi, dalalar haydaladi, ekin-tikin ishlari boshlanadi, hayot jonlanadi degan ma’noni bildiradi. Asar inson va jamiyat hayotidagi qorong‘ulikdan yorug‘likka o‘tish jarayonini anglatadi. Zebi ismli yosh qizning ruhiy holati tasvirlanadi. U ilgari ko‘k (ko‘kat) terish bahonasida qishloq chetlariga, dalalarga chiqib kelgan va shu sayohatlar uning qalbida erkinlik, kenglik, uzoq joylarga intilish hissini uyg‘otgan. Uy ichidagi tor muhit unga tobora zerikarli tuyula boshlaydi.Ertalab Zebi hovlini supurayotgan paytda eshikning shovqin bilan ochilishi uni cho‘chitadi. Chunki otasi uyda qattiqqo‘l, diniy odatlarga berilgan, ammo insoniy fazilatlari mukammal bo‘lmagan kishi sifatida tasvirlanadi. Shu sababli Zebi har qanday kutilmagan harakatdan seskanadi.Keyin eshikdan uning tengdoshi Salti (Saltanat) kirib keladi. U paranjiga o‘ralgan holda kelgan bo‘lsa-da, ichkariga kirishi bilan paranjini tashlab, bolalarcha quvonch bilan Zebini quchoqlaydi. Ikki qizning samimiy uchrashuvi ularning beg‘ubor yoshligini ko‘rsatadi.Salti ertalab erta kelishining sababini aytmoqchi bo‘ladi. Shu yerda parcha hayajonli nuqtada to‘xtaydi.
References
1.„AMERIKALIK OLIM “KECHA VA KUNDUZ” ROMANINI INGLIZ TILIGA TARJIMA QILDI“ (o'zbek) (4-fevral 2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
2.Abdulhamid Choʻlpon,"Kecha va kunduz", Toshkent-2019.

