"ASRGA TATIGULIK KUN" --- O'ZLIKNI ANGLAMOQ

Authors

  • Ibrohimova Mohlaroy Abdubannob qizi Qoʻqon Davlat Universiteti 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

Manqurt, doʻst,inson,asar,til,roman,Edigey,Kazangap, oʻzlik,marosim,voqea.

Abstract

Chingiz Aytmatov  urush yillari va o‘smirlik davrida qishlog‘i Shekerda pochtachi bo‘lib ishlagan. Urushda halok bo‘lganlar haqidagi «qora xat»larni oqsoqollar bilan birga oilalarga yetkazgan.Adib bo‘lishidan oldin qishloq xo‘jaligi texnikumini a'lo baholarga bitirib, zootexnik mutaxassisligini olgan hamda Frunzedagi Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.«Jamila» qissasi: Aytmatovga jahon miqyosida ilk bor ulkan shuhrat keltirgan bu asar 1958 yilda yozilgan. Fransuz yozuvchisi Lui Aragon uni «jahondagi eng ajoyib muhabbat qissasi» deb ta'riflagan.Ikki tilda ijod qilgan:asarlarini ham qirg‘iz, ham rus tillarida yozgan, keyinchalik ular dunyoning 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Chingiz Aytmatovning Asrga tatigulik kun romani Sariyo‘zak cho‘lidagi oddiy temiryo‘lchi Edigeyning hayoti, Qozonqapning dafn marosimi va manqurtlik g‘oyasi haqida hikoya qiladi. Asar inson xotirasi, qadr-qimmat va o‘tmishni unutmaslik muhimligini ko‘rsatib beradi.Asosiy voqealar,Edigey o‘zining yaqin do‘sti Qozonqapni Ona-Beyit qabristoniga qo‘yish uchun olib boradi. Yo‘lda u o‘tgan umrini va qiyin kunlarni eslaydi. Hokimiyat qabriston yaqinida yopiq kosmodrom qurgani sababli, Edigeyga o‘z do‘stini ota-bobolari ko‘milgan tuproqqa qo‘yishga qarshilik qilishadi.Asarda qadimiy afsona orqali o‘z naslini, onasini tanimaydigan manqurt – xotirasidan mahrum qilingan shaxs obrazi ochib beriladi.Inson o‘z o‘tmishini, ildizini unutmasligi kerak. O‘tmishni eslash va hurmat qilish bugungi kun uchun juda muhim.

References

1.Chingzi Aytmatov "Asrga tatigulik kun", Toshkent,2018.

2.https://kitobxon.com/oz/kitob/asrga-tatigulik-kun

3.https://uzhurriyat.uz/2018/06/06/chingiz aytmatovning asrga tatigulik kun va boshqa asarlari haqida Hayratga-solgan-cho-qqilar-professor asil-rashidov

4.Pirnazararova Jasmina Bahodir qizi,"Asrga tatigulik kun"maqolasi

Downloads

Published

2026-08-29