ABDULLA QODIRIY --- "JINLAR BAZMI" HIKOYASI
Keywords:
asar,obraz,qahramon, chuqur,hikoya,tasvir,voqea,muallif,dunyo,detall,hodisa, ruhiyat.Abstract
Jinlar bazmi» deganda buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriyning mashhur hikoyasi tushuniladi. Ushbu asar o'zbek adabiyotida muhim o'rin egallab, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va fojiali davrlarni ochib beradi.
Unda inson ruhiyati, qo'rquv va vahimaning inson ongiga qanday ta'sir qilishini badiiy mahorat bilan ochib beruvchi falsafiy hikoyadir. Hikoya "mavhum hikoya" deb atalishi bejiz emas. Asarda haqiqiy voqelik bilan tasavvur bir-biriga qorishib ketadi.Hikoya otaning boshidan kechirgan voqeasi asosida bayon qilinadi. Avval otaning bog'da yolg'iz qolishi, qorong'ulik, sokinlik, atrofdagi sirli muhit o'quvchida ham vahima uyg'otadi. Yozuvchi tabiat tasvirlari orqali ruhiy keskinlikni bosqichma-bosqich kuchaytiradi. Aynan shu ruhiy holat otaning keyinchalik ko'rgan "jinlar bazmi"ni yanada ishonarli ko'rsatadi.
References
1.Abdulla Qodiriyning "Jinlar bazmi" ,1921,"Sharq chechagi".

