"ULUGʻBEK XAZINASI" — OYBEK

Authors

  • Ibrohimova Mohlaroy Abdubannob qizi Qoʻqon Davlat Universiteti 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

asar,nom,tom,fikr,tarixiy, tadqiqot,akademik,roman,ramz,nashr,devon.

Abstract

Zabardast adabiyot vakillaridan biri Oybek oʻzbek adabiyotida birinchilardan boʻlib yirik tarixiy-biografik romanlar yaratgan va Fanlar akademiyasining akademigi boʻlgan.Atoqli adib Oybek Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan o‘tgan asrning 30-yillaridan to umrining so‘ngiga qadar muntazam, jiddiy shug‘ullangan. Yozuvchining shoir ijodiga doir tadqiqot, risola, maqola, qaydlari o‘n to‘qqiz tomlik **“Mukammal asarlar to‘plami”**ning o‘n uchinchi jildidan joy olgan. Ushbu jildni taniqli adabiyotshunoslar B. Nazarov va N. Rahimjonovlar adibning rafiqasi Z. Saidnosirova ishtirokida zarur ilmiy izoh, sharhlar bilan nashrga tayyorlaganlar. Bu ilmiy izohlar, ayrim ishlarning variantlari, qayta tahrir bilan bog‘liq qaydlar yozuvchi ijodiy-ilmiy laboratoriyasiga kirish, uni to‘liq tushunish va tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, adib tadqiqotlarida uchraydigan ilmiy asarlar, birlamchi manbalar, tarixiy shaxslar, geografik joy nomlari yuzasidan berilgan ma'lumotlar noshirlarning jiddiy mehnati mahsulidir.

References

1.Oybek. Navoiy. Roman & Abdurasul Eshonboboev. Oybek — navoiyshunos

Downloads

Published

2026-08-29