SANOGEN TAFAKKURNING TALABALARDA AKADEMIK STRESSNI KAMAYTIRISHDAGI PSIXOLOGIK ROLI TAKOMILLASHTIRISNING PSIXOKORREKSION DASTURI VA UNING MODELI

Authors

  • Tulyaganova Dilnoza Ulug’bek qizi Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya-o’quv ilmiy markaz, mutaxassis-psixolog. Author

Keywords:

sanogen tafakkur, akademik stress, psixokorreksiya, refleksiya, emotsional barqarorlik, stressni boshqarish, talaba, psixologik farovonlik.

Abstract

Mazkur tadqiqot talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish orqali akademik stressni kamaytirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sanogen tafakkurning akademik stressni pasaytirishdagi psixologik roli nazariy va empirik jihatdan asoslangan hamda uni takomillashtirishga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqilgan. Dastur talabalarning emotsional barqarorligini oshirish, refleksiv fikrlashni rivojlantirish, salbiy avtomatik fikrlarni konstruktiv fikrlash bilan almashtirish, stressni boshqarish va psixologik moslashuvni kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Psixokorreksion mashg‘ulotlar natijasida talabalarda akademik stress darajasining pasayishi, sanogen tafakkur va psixologik farovonlik ko‘rsatkichlarining oshishi kuzatilishi kutiladi.

Downloads

Published

2026-07-21