CHET ELLIK INVESTITSIYALARNING IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI VA ULARNING MILLIY IQTISODIY O’SISHNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Xayirbaeva Balzira Paraxat qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, «Moliya va moliyaviy texnologiyalar» yo‘nalishi 2-kurs talabasi Author

Keywords:

Investitsiya, iqtisodiy o’sish, investitsion siyosat, investitsiyani jalb qilish, kapital qo’yilmalar, infratuzilma, sonli iqtisodiyot, innavatsiya, muntazam rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada chet el investitsiyalarining iqtisodiy o’sishdagi ahamiyati va milliy iqtisodiyotga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chet ellik investitsiyalar milliy iqtisodiyotni tizimlashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, mehnat unumdorligini orttirishga va innavatsion texnologiyalarning transfertiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Shuningdek, chet ellik investitsiyalar orqali yangi ish o’rinlarining yaratilishi va xalq ijtimoiy holatining yaxshilanishi kabi makroiqtisodiy ta’sir lar ilmiy yo’nalishda ko’rsatib beriladi. Tadqiqotda hozirgi dunyo investitsiya uslublariga tahlil qilinib, rivojlanayotgan mamlakatlardagi investitsion harakatlarning dinamikasi ko’rib chiqiladi. Xalqaro tashlilotlarning ( Jahon banki, UNSTAD) ma’lumotlariga tayanib, dunyo investitsion faollikning o’zgarish sabablari bilan asosiy tendensiyalari tahlil qilinadi. Ayniqsa geosiyosiy muvozanatsizlik , iqtisodiy belgisizlik va xalqaro bahoda raqobatning kuchayishi investitsion harakatlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida ko’rsatiladi.

Shu bilan birga ushbu maqolada investitsiyani jalb qilishni orttirishning asosiy yo’nalishlari ko’rib chiqiladi. Ular qatoriga institutsional o’rtaning muvozanati, huquqiy bazaning yaxshilanishi, soliq tizimining ochiqligi, infratuzilmaning rivojlanishi va inson kapitalining sifatini orttirish kabi omillar tadbiq etiladi. Tadqiqot natijalarida ko’rsatilganidek, samarali investitsion siyosatni olib borish milliq iqtisodiyotning uzoq muddatli va doimiy rivojlanishini ta’minlashning ahamiyatli sharti hisoblanadi.

References

1. UNCTAD. World Investment Report 2024. United Nations Conference on Trade and Development, Geneva.

2. Jahon banki (World Bank). Global Economic Prospects 2024. Washington, D.C.

3. Jahon banki ma’lumotlar bazasi – Foreign Direct Investment inflows (Uzbekistan). https://data.worldbank.org

4. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. “Investitsiyalar va asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar”. https://stat.uz

5. OECD. Investment Policy Reviews: Uzbekistan. Paris: Organisation for Economic Co-operation and Development.

6. IMF (International Monetary Fund). World Economic Outlook 2024. Washington, D.C.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining investitsiya va iqtisodiy islohotlarga oid farmon va qarorlari.

Downloads

Published

2026-06-29