OʻZBEKISTONNING BMT DOIRASIDAGI FAOLIYATI VA XALQARO HAMKORLIK TAJRIBASI

Authors

  • U.A.Sattorov Oriental universiteti o‘qituvchisi Author
  • Bo‘stonboyeva Mubina Oriental universiteti talabasi Author

Keywords:

O‘zbekiston, BMT, YUNESKO, YUNISEF, Bosh Assambleya, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, ta’lim, madaniyat, turizm, ekologiya.

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) doirasidagi faoliyati hamda xalqaro hamkorlik tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatimizning mustaqillikka erishganidan soʻng BMT bilan oʻrnatgan munosabatlari, tashkilotning asosiy tuzilmalari va ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari yoritib beriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbuslar, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ekologik muammolarni hal etish borasidagi saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Tadqiqotda Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish, global muammolar yechimiga hissa qoʻshish va koʻp tomonlama diplomatiyani rivojlantirishdagi tajribasi yoritiladi. Mavzuni tadqiq etishda sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari, ilmiy adabiyotlar va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.

References

1. Mustaqil O‘zbekiston, seni tanidi jahon // Xalq so‘zi, 1992-yil 4-mart

2. O‘zbekistonda BMT vakolatxonasi ochildi // Xalq so‘zi. 1993-yil 26-oktyabr

3. Абдимўминов О. Марказий Осиё ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. Монография. – Тошкент. “Академнашр”. 2025.

4. Раҳимов М., Абдимўминов О. Ўзбекистон ва БМТ муносабатлар тарихи ва барқарор ривожланиш омиллари. Монография. – Тошкент. “Ҳамкорнашр”. 2021.

5. 2018-yildan 2025-yilgacha O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi tashabbuskori bo‘ldi // www.dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/“Ammon-News”-gazetasi-2018-yildan-2025-yilgacha-Ўzbekiston-bmt-bosh-assambleyasining-13-ta-rezolyuciyasi-tashabbuskori-bўldi

Downloads

Published

2026-06-21