KORXONADA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI, TAYYOR MAHSULOT HARAKATI VA TAXMINIY KALKULYATSIYA
Keywords:
Ishlab chiqarish xarajatlari, tayyor mahsulot harakati, mutanosib taqsimlash usuli, taxminiy kalkulyatsiya, norma-fakt tahlili, yalpi rentabellik, davr xarajatlari, debitorlik qarzi, ichki nazorat, vaqt tamg‘asi.Abstract
Ushbu maqolada sutni qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, tayyor mahsulot harakati va ichki nazorat tizimini baholash masalalari tadqiq etilgan. "JILO GAVHAR LYUKS" MChJning 2024-yilgi moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida tez aylanuvchi ishlab chiqarish-sotuv modelida hujjat aylanishi intizomi va "cut-off" (davrlararo uzilish) risklari tahlil qilingan. Korxonada mahsulotlar kesimida batafsil xarajatlar hisobi yuritilmasligi sababli, muallif tomonidan besh turdagi mahsulot (sut, qatiq, smetana, tvorog, pishloq) uchun mutanosib taqsimlash usulida taxminiy kalkulyatsiya modeli ishlab chiqilgan va norma-fakt tahlili tizimi asoslangan. Shuningdek, korxonaning past rentabellik darajasi ($1,06\%$) va aylanma aktivlar tarkibidagi debitorlik qarzlarining pul oqimlariga ta’siri baholanib, ichki nazorat tizimining kuchli va zaif tomonlari guruhlangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Lex.uz).
2. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, reg. №3548 (Lex.uz).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (Lex.uz).
4. IAS 2 "Inventories" (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari – IFRS Foundation).
5. “JILO GAVHAR LYUKS” MChJning 2024-yil yakuni bo‘yicha “Buxgalteriya balansi” (1-son shakl).
6. “JILO GAVHAR LYUKS” MChJning 2024-yil yakuni bo‘yicha “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” (2-son shakl).
7. “JILO GAVHAR LYUKS” MChJning ichki laboratoriya xulosalari, qabul dalolatnomalari va smena hisobotlari ma’lumotlari (2024-y.).
8. Axmedjanov, K. B., & Urazov, K. B. (2021). Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: "Iqtisod-Moliya".
9. Do‘stmuradov, R. D. (2020). Audit asoslari. Darslik. Toshkent: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi".
10. Drury, C. (2020). Management and Cost Accounting (11th ed.). Cengage Learning EMEA.

