GERMANIYA FEDERAL RESPUBLIKASI JINOYAT PROTSESSUAL QONUNCHILIGINI TAHLIL QILGAN HOLDA, O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNCHILIGIGA TAKLIF ISHLAB CHIQISH
Keywords:
jinoyat protsessi, Germaniya StPO, sudgacha tergov, prokuror nazorati, himoya huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi, apellyatsiya, kassatsiya, mediatsiya, elektron braslet, inson huquqlari.Abstract
Mazkur maqolada Germaniya Federativ Respublikasining jinoyat protsessual qonunchiligi, xususan, Strafprozessordnung (StPO) normalari sudgacha bo‘lgan tergov va sud bosqichlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida prokurorning markaziy o‘rni, ayblovchi va oqlovchi dalillarni yig‘ish majburiyati, gumon qilinuvchining himoya huquqlari, sud nazorati, qamoqqa olish tartibi, apellyatsiya va kassatsiya institutlari hamda qayta ko‘rish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, Germaniya tajribasi asosida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, tergov harakatlarini majburiy videoyozuvga olish, oqlovchi dalillarni yig‘ish majburiyatini kuchaytirish, mediatsiya institutini rivojlantirish, elektron kuzatuv vositalarini joriy etish va sudning haqiqatni mustaqil aniqlash vakolatlarini kengaytirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish hamda odil sudlov tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

