BUDRACHTEPA YODGORLIGI MODDIY MADANIYATI

Authors

  • Karimova Sayyora Nuriyevna “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxona Tasviriy sanʼat boʻlimi boshligʻi Author

Keywords:

Surxondaryo, Chagʻoniyon, “Dex-i-nav”, Oqmozortepa va Du¬nyotepa, Zahartepa, Afrosiyob.

Abstract

Surxondaryo viloyati Denov tumanining qulay geografik joylashuvi, tarixi, moddiy va madaniy merosi, muzeylari, hunarmandchiligi, mehnat salohiyati, turizm obyektlari bilan oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan hudud hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Denov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ana shunday manzillardan biri Budrachtepa yodgorligi bo‘lib, sayyohlarni jalb etayotgan vohadagi harbiy - tarixiy obidalarning kelib chiqish sabablari, uni yuzaga keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy voqeliklar alohida ahamiyatga egadir.  Vohadagi harbiy - tarixiy obidalarning ning shakllanishida geografik muhit alohida ahamiyatga ega. Surxon vohasining oʻziga xos qadimiy, tarixiy obidalari qadimshunos olimlar tomonidan mukammal oʻrganilib, muqaddas harbiy - tarixiy obidalarning hududi, geografik joylashuvi, arxitekturasi, meʼmorchiligini ilmiy oʻrganish masalasida bir qator natijalarga erishildi. Oʻzbekiston tarixini moddiy va maʼnaviy jihatdan oʻrganish tarixshunoslik fanining dolzarb masalalaridan biri boʻlish bilan birgalikda oʻtmish tarixiga adolatli, haqqoniy munosabatda boʻlish muhim ahamiyatga ega.

References

1. Tursunov S.N. va boshqalar «Surxondaryo tarix koʻzgusida» -T., «Sharq», 2001, 382 b.

2. Tursunov S.N. va boshqalar «Surxondaryo tarixi » -T., «Sharq», 2004, 605 b.

3. Tursunov S.N. Surxondaryo viloyati toponimlari. -T., «A.Navoiy Oʻzbekiston milliy kutubxonasi», 2008, b.

4. Termiz. Buyuk yoʻllar chorrahasidagi koʻhna va yangi shahar. (mualliflar jamoasi) -T.: Sharq, 2001, 101 b.

Downloads

Published

2024-12-11