ODOB-AXLOQ KONSEPTLARINING HUQUQIY MATNGA SINGISHI: LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOT
Keywords:
Konstitutsiya, odob-axloq leksemalari, lingvokulturologiya, semantika, konsept, ma’naviy qadriyatlar, huquqiy diskurs.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi odob-axloq mazmunli leksemalar lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Konstitutsiya matni faqat huquqiy hujjat emas, balki jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini mujassamlashtiruvchi murakkab diskurs sifatida qaraladi. Maqolada qadr-qimmat, sha’n, vijdon, mas’uliyat, burch, hurmat, erkinlik, adolat kabi konseptlarning semantik tahlili keltiriladi, ularning o‘zbek xalqining axloqiy qadriyatlari bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda izohlanadi.
Shuningdek, maqolada lingvokulturologik yondashuv yordamida Konstitutsiya matnining huquqiy, ma’naviy va ideologik qatlamlari o‘rganilib, uning jamiyat hayotidagi funksiyasi ochib beriladi. Maqola o‘zbek tilshunosligi va huquqshunoslikni integratsiyalashgan ilmiy tadqiqot sifatida namoyon bo‘ladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. Abdullayeva M. Til va madaniyat munosabati. – Toshkent: Fan, 2019.
3. Raxmonov R. “Konstitutsiya va jamiyat barqarorligi.” // Yuridik fanlar axborotnomasi, 2023.
4. Jo‘rayev R. Lingvokulturologiya: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Ma’naviyat, 2020.
5. Normatov U. Fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlar. – Toshkent: Sharq, 2021.
6. Saidov A. Konstitutsiyaviy huquq asoslari. – Toshkent: Adolat, 2019.
7. Xudoyberdiyeva D. “O‘zbek tilida axloqiy konseptlarning ifodalanishi.” // Til va adabiyot, №2, 2022.

