ANTIBIOTIKLARNING ORGANIZIMGA SALBIY TA'SIRI ORTIQCHA ANTIBIOTIK QABUL QILGANDA VAZN ORTTIRISHGA MOYILLIGI
Keywords:
Antibiotiklar,penitsillin, sefalosporin, streptokokk, metabolitlar,Eubakterium ventrriosum, Bacteroides,Firmicutes, Lactobacilli, Clostridium, endotoksemiya, b-laktamlar , semizlik, safro kislotaAbstract
Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikroblarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi.