ABDULLA QAHHOR HIKOYALARINI BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRATSIYASI.

Authors

  • Usmonova (Xolboyeva) Madina Asror qizi Author

Keywords:

Abstract

Abdulla Qahhor o ‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridandir. U o ‘zining 40 yildan oshiqroq ijodiy faoliyatida barcha ijtimoiy sohalarni aks ettiradigan asarlar yaratdi, asarlari turli tillarga tarjima qilindi. Abdulla Qahhor ajoyib asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirish va jahonga tanitish borasida alohida xizmat ko ‘rsatgan nodir iste ’dod sohibidir. Adabiyotimizning hech bir sohasi yo ‘qki, ko ‘p qirrali talant egasi bo ‘lgan Abdulla Qahhorning xizmati singmagan va u o ‘z talantini namoyish qilmagan bo‘lsin. Abdulla Qahhor hikoya va ocherk janrida ham, qissa va romanchilikda ham, komediya va drama yaratishda ham hammani qoyil qoldirdi, bu janrlarda, xususan, hikoyachilikda, original va yetuk badiiy asarlar yaratdi. Abdulla Qahhor so‘zga xasis, fikrga saxiy san ’atkor.Adib ijodining fazilatlari ko ‘p. U ko‘pchilikni qiziqtiradigan masalalar haqida yozadi, adabiyotda “qo ‘riq”larni ochadi, yangi gap aytadi, yangi timsollar yaratadi. Abdulla Qahhorning badiiy ijodidagi novatorligi ham, avvalo, ana shundadir. Yozuvchining asarlari yuksak badiiyligi, g‘oyaning aniqligi, ijtimoiyligi, xalqchilligi bilan xarakterlanadi. Abdulla Qahhor ijodining bunday fazilatlari adabiy tanqidchilik va adabiyotshunosligimizda o ‘z vaqtida atroflicha ochib berilgan hamda Abdulla Qahhor ijodiga haqli ravishda yuqori baho berilgan. Ushbu maqolada Abdulla Qahhor hikoyalarini boshqa fanlar bilan integratsiyasi haqida gap boradi.

References

1. Sh. M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo ‘lishi kerak. T. :O ‘zbekiston. 2022. 98-bet.

2. Sharafiddinov. O, “Abdulla Qahhor” , “Yosh gvardiya” nashriyoti. Toshkent,1988. 123-bet

3. Normatov. U, “Ijod sehri” . “ Sharq” nashriyoti, Toshkent. 2007.

4. O ‘ljabiyev. U, “Abdulla Qahhor saboqlari” , Guliston. 2013, 40-bet

5. Abdulla Qahhor. Shaxs va ijodkor. Maqolalar to ‘plami. – T. : Tamaddun,2013.

6. Normatov U. Ustoz ibrati. - T. : Alisher Navoiy nomidagi O ‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

7. To ‘xliev B. Adabiyot o ‘qitish metodikasi. T. :Yangi asr avlodi, 2006.

8. Karimov N.XX asr adabiyoti manzaralari. – T. : O ‘zbekiston, 2008.

9. Ibrohim Haqqul. Abdulla Qahhor jasorati. Esse. // «Tafakkur» jurnali, 2007

Downloads

Published

2024-11-20