YURAK MUSHAK TO‘QIMALARINING GISTOLOGIK TUZILISHI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Tursunmetov Ibodulla Ro‘zibayevich Ilmiy rahbar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy biologiya va Gistologiya kafedrasi assistenti Author
  • Riskibayeva Kamola Olimjon qizi Author

Keywords:

yurak mushak to‘qimasi, kardiomiotsit, oraliq plastinka, peysmeker, Giss tutami, sattelit hujayralari.

Abstract

Yurak mushak to‘qimasi organizmda hayot uchun zarur bo‘lgan asosiy to‘qimalardan biri bo‘lib, yurak faoliyatini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada yurak mushak to‘qimasining gistologik tuzilishi, uning morfologik xususiyatlari, hujayraviy aloqalari va ularning funksional ahamiyati tahlil etiladi. Kardiomiositlarning tuzilishi, mitoxondriyalar sonining ko‘pligi hamda yurakning doimiy qisqarish faoliyatini ta’minlovchi energiya almashinuv tizimi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Yurak mushak to‘qimasi boshqa mushak to‘qimalaridan farqli ravishda avtomatik impuls hosil qilish, uni uzatish va ixtiyorsiz ravishda qisqarish kabi xususiyatlarga ega. Maqolada, shuningdek, yurak mushaklarining boshqa mushak to‘qimalaridan gistologik farqlari, yurak faoliyatidagi uzluksizlik va yurakning elektr o‘tkazuvchi tizimi haqida ham so‘z boradi. Regeneratsiya salohiyatining pastligi, patologik holatlardagi o‘zgarishlar va ularning klinik ahamiyati ham yoritilgan. Yurak mushak to‘qimasining chuqur o‘rganilishi nafaqat gistologik bilimlarni boyitadi, balki, amaliy kardiologiya uchun ham muhimdir.

References

Ross, M. H., & Pawlina, W. (2020). Histology: A Text and Atlas: With Correlated Cell and Molecular Biology (8th ed.). Wolters Kluwer. ISBN: 9781975115296.

2. Bahodirov, F. (2021). Odam anatomiyasi. – Toshkent: «O‘zbekiston» nashriyoti. – 456 b.

3. Ahmedov, A. G‘., & Ziyamutdinova, G. X. (2020). Anatomiya, fiziologiya va patologiya: O‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: «Yangi asr avlodi». – 384 b.

4. Chistiakov, D. A. (Ed.). (2020). Visions of Cardiomyocyte – Fundamental Concepts of Heart Life and Disease. IntechOpen. ISBN: 9781839622779. https://www.intechopen.com/books/8629

5. Zufarov K.A. Gistologiya: darslik - Toshkent, 2005 й.

6. Гистология: Учебник /Под ред. Афанасьева Ю.И., Юриной Н.А. – Москва.: Медицина, 2012 й.

7. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, I qism - Toshkent, 2010 й.

8. Tursunov E.A. Gistologiya: oquv qollanma, II qism - Toshkent, 2011 й.

Downloads

Published

2025-05-18