IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA QALMOQLAR DEPORTATSIYA QILINISHI VA UNING OQIBATLARI

Authors

  • Nurullayev Jaxongir Abdumalikovich Elektron pochta: j.nurullayev@mail.ru Author

Keywords:

Qalmoq, “Uluslar”, O.I.Gorodovikov, Astraxan, “Qora yerlar”, A.M.Leontyev, NKVD, 110-qalmoq otliq diviziyasi, SNK.

Abstract

Kavkaz xalqlaridan bo‘lgan qalmoq xalqining ikkinchi jahon urushi davrida turli ayblovlar bilan turgan yerlaridan deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari yoritilgan. Muallif qalmoqlarning ikkinchi jahon urushida deportatsiya qilinishi sabablarini va oqibatlarini yoritishda nisbatan yangi ma’lumotlarga tayangan.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida butun bir xalqlarning tub yashash yeridan surgun qilinishida alohida guruhlar jinoyatlarining asos qilib ko‘rsatilishi salbiy oqibatlarini ta’kidlab o‘tgan. Qalmoqlarni surgun qilishda milliy kelishmovchiliklarni tartibga solishdan tashqari, qalmoqlarning 110-otliq diviziyaning taslim bo‘lib, ularning asirlikka o‘tib ketishidagi harakati xoinlik deya ko‘rsatildi. 1943-yil 27-28-dekabr kunlari SSSR Oliy Kengash Prezidiumining “Qalmoq ASSR tugatilishi va RSFSR tarkibidagi Astraxan viloyati tuzilishi to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Undan tashqari, SNKning qalmoqlarni Oltoy va Krasnoyarsk viloyati, Omsk va Novosibirsk viloyatlariga badarg‘a qilish borasida tegishli qarorlari qabul qilindi.

Muallif Qalmoq ASSRning tugatilishi va RSFSR tarkibida Astraxan viloyatiga aylantirilishi bu butun bir xalqning manfaatlariga zid ekanligini ta’kidlab, bu o‘z davrida ma’muriy buyruqbozlik va bir xalqning manfaatlarini mensimaslik ekanligini aytib o‘tadi. Bu ma’lumotlar 2000-yillardan keyin ancha ochiqlanib, muallif aynan shu yangi ma’lumotlarga tayanishga harakat qilgan.

References

1. Максимов К.Н. – Трагедия Народа: Репрессии и Калмыкии. 1918-1940 годы. М.: 2004.

2. Яковлев А.Н. – Омут памяти. М.: 2001.

3. Очилов У.Б. – Военные мобилизации в Калмыцкой АССР. Элиста.: 2001.

4. Поляков Ю.А. – Историческая наука: Люди и проблемы. М.: 1999.

5. Бакаев П.Д. – О трагедии в истории калмыцкого народа. Элиста.: 2003.

6. Земков В.Н. – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.

7. Стецковский Ю.И. – История совеиских репрессий. 1917-1995 гг. М.:1997.

Downloads

Published

2024-10-20