ONORE DE BALZAK ASARLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK IFODASI
Keywords:
Onore de Balzak, milliy-madaniy konsept, lingvokulturologiya, badiiy matn, fransuz madaniyati, til va madaniyat, lingvomadaniy birlik, konsept, milliy-madaniy mazmun, ijtimoiy mavqe, oila, sharaf, boylik, muhabbat.Abstract
Mazkur tezisda Onore de Balzak asarlarida milliy-madaniy konseptlarning lingvokulturologik ifodalanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Yozuvchining “Inson komediyasi” turkumiga kiruvchi asarlarida “oila”, “sharaf”, “boylik”, “ijtimoiy mavqe”, “muhabbat” va “jamiyat” kabi konseptlarning badiiy matnda ifodalanishi tahlil qilinadi. Ushbu konseptlarni ifodalovchi leksik birliklarning lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda, ularning kontekstual, baholovchi va milliy-madaniy mazmuni ham yoritiladi. Balzak personajlarining nutqi, xatti-harakati va ijtimoiy munosabatlarini ifodalovchi til vositalari orqali XIX asr fransuz jamiyatining qadriyatlari, urf-odatlari, ijtimoiy me’yorlari va dunyoqarash xususiyatlari namoyon bo‘lishi asoslanadi. Tadqiqot natijalari Balzak badiiy matnlarini fransuz xalqining milliy-madaniy dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvokulturologik manba sifatida baholash imkonini beradi.
References
Бальзак, О. де. Человеческая комедия: в 15 т. / О. де Бальзак. — М.: Художественная литература, 1983–1987.
2. Бальзак, О. де. Отец Горио / О. де Бальзак. — М.: Художественная литература, 1981. — 224 с.
3. Бальзак, О. де. Евгения Гранде / О. де Бальзак. — М.: Художественная литература, 1983. — 208 с.
4. Бальзак, О. де. Утраченные иллюзии / О. де Бальзак. — М.: Художественная литература, 1983. — 544 с.
5. Бенвенист, Э. Общая лингвистика / Э. Бенвенист. — М.: Прогресс, 1974. — 447 с.
6. Вежбицкая, А. Понимание культур через посредство ключевых слов / А. Вежбицкая. — М.: Языки славянской культуры, 2001. — 288 с.