KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA AQLIY YOKI RUHIY HOLATNI KAMSITUVCHI MUROJAATLAR TAHLILI

Authors

  • Noila Mirxamidova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktaranti noilamirhamidova@gmail.com https://orcid.org/0000-0002-9516-5101 Author

Keywords:

peyorativ murojaat, lisoniy diskriminatsiya, koreys tili, o‘zbek tili, murojaat birliklari, aql-idrok, ruhiy holat.

Abstract

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillarida aql-idrok hamda ruhiy holatni kamsituvchi peyorativ murojaatlar lingvopragmatik va qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Koreys tilidagi 호칭어 va 지칭어 murojaat shakllari hamda 바보, 미친 kabi birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘zbek tilidagi muqobil peyorativ murojaatlar bilan qiyoslanadi. Tadqiqot natijalari mazkur murojaatlar shaxsning aqliy va ruhiy holatini salbiy baholash orqali diskriminativ mazmunni yuzaga keltirishini hamda nutq madaniyatida ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-08-08