QADIM VA O'RTA ASRLARDA NUROBOD VOHASI – MARKAZIY SUG'DNING MADANIY CHORRAHASI: TARIXIY VA ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR, MADANIY ALOQALAR HAMDA SIVILIZATSIYALARARO O'ZARO TA'SIRLAR

Authors

  • Botirov Ilhomjon Rajab oʻgʻli ORIENTAL UNIVERSITETINING 1-kurs talabasi. Tel:93 113 43 91, 99 953 94 91, E-mail: ilxomjonbotirov.1991@gmail.com Orcid:0009-006-2287-6136 Author
  • Xolmatov Normuhammad O'rozovich Ilmiy rahbar:SAMDU Professori: Nurobod tumani MMTB ga qarashli 47-umumiy o'rta taʼlim maktabining MMIBDO'si. Author

Keywords:

Nurobod vohasi, Markaziy Sug'd, Sazag'on madaniyati, Kaltaminor, Hisor madaniyati, Buyuk ipak yo'li, Arabota, Somoniylar, Qorahoniylar, Temuriylar, ziyoratgoh, madaniy chorraha, sivilizatsiyalararo aloqalar.

Abstract

Samarqand viloyatining tog' etagidagi kichik bir tumani hisoblanmish Nurobod bir qarashda viloyat tarixining nisbatan e'tiborsiz qolgan burchagidek ko’rinishi mumkin. Ammo davlat hisobiga olingan 55 ta yodgorlikka yaqinroq nazar tashlasak,, bu yerda bir necha ming yillik uzluksiz tarix borligini payqashimiz mumkin. Mazkur tadqiqot ishida yuqorida aytib o’tilgan ro'yxat birinchi marta yaxlit tarzda o'qib chiqilib, davrlarga ajratildi va sharhlandi. Shuningdek, Nurobod hududi nafaqat Zarafshon vodiysining tekislik qismi bilan tog'-adir mintaqasi orasidagi tabiiy o'tish zonasi vazifasini bajaradi. Balki turli davrlarda kaltaminorlik ovchi-baliqchilardan hisorlik chorvadorlargacha, sug'diylardan arab-islom ta'siriga qadar  bir-biri bilan aloqador bo’lgan hudud ham bo'lgan. Shu bilan birga, Sazag'on madaniyati, Arabota nomida saqlangan xotira, tog' bag'ridagi Hazrat Dovud ziyoratgohi  bularning barchasi shu haqida so'zlaydi. Tadqiqot ishini o’rganish davomida olingan ma’lumotlar Nurobod vohasini alohida tadqiqot ob'ekti sifatida chuqurroq o'rganishga asos bo'lib hizmat qila oladi.

References

1. Samarqand viloyati hokimligi. Nurobod tumani bo'yicha moddiy-madaniy meros ob'ektlari ro'yxati (arxeologiya, me'morchilik) - ma'muriy hujjat.

2. Viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar va muzeylar // Samarqand viloyati hokimligining rasmiy sayti, samarkand.uz.

3. Jo'raqulov M.J., Jo'raqulova D.M. Samarqand hududining eng qadimgi madaniyat tarixi sahifasi // Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o'rni. Xalqaro ilmiy simpozium materiallari. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

4. Holmatov N.U. Samarqand hududi bilan bog'liq joylar: tosh davri jamoalari moddiy madaniyati // O'sha to'plam. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

5. Sayfullayev B.K., Toshkenbayev N.X. Drevneyshiye kul'tury srednego techeniya Zarafshana // O'sha to'plam. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

6. Sag'dullayev A.S. Samarkand v sisteme drevney urbanizatsii // O'sha to'plam. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

7. Isamiddinov M.X. K voprosu o vozniknovenii drevnego goroda na Afrasiabe // O'sha to'plam. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

8. Rapen K. Koktepa v period jeleznogo veka do prixoda Axemenidov // O'sha to'plam. – Toshkent–Samarqand: Fan, 2007.

9. Jo'raqulov M.J., Holmatov N.U. Mezolit i neolit Srednego Zarafshana. – Toshkent, 1991.

10. Toshkenbayev N.X., Sulaymonov R.X. Kul'tura drevnekamennogo veka doliny Zarafshana. – Toshkent, 1980.

11. Salim Buxoriy Sadriddin. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. – Buxoro, ziyouz.com elektron nashri.

12. Paxtachi tumani rasmiy sayti. Tuman tarixi (Ziyovuddin vohasi tarixiy ma'lumotlari), paxtachi.uz.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-sentyabrdagi 792-son "Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarori.

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son "Moddiy-madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan yaxshilash to'g'risida"gi qarori.

Downloads

Published

2026-08-08