METODIK FANLAR VOSITASIDA MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
metodik fanlar, musiqa ta’limi, kasbiy-metodik tayyorgarlik, pedagogik texnologiya, interaktiv metodlar, innovatsion yondashuv, refleksiya, portfolio, musiqa o‘qitish metodikasi, raqamli pedagogika, texnologik xarita, kreativlik, pedagogik hamkorlik, metodik kompetentlik, interfaol ta’lim.Abstract
Maqolada asosan metodik fanlar vositasida musiqa o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda raqamli vositalarning musiqa metodikasi fanlaridagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik hamkorlik, refleksiya, portfolio, modellashtirish va texnologik xaritalash kabi yondashuvlarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Maqolada John Dewey va Lev Vygotskiylarning tajribaga asoslangan ta’lim hamda ijtimoiy hamkorlik nazariyalari asosida interaktiv ta’limning psixologik-didaktik asoslari tahlil etilgan. Musiqa metodikasi fanlarida “aqliy hujum”, “case study”, “rol o‘ynash”, “debat”, “portfolio” kabi metodlarning amaliy qo‘llanishi yoritilib, ularning metodik tafakkur, ijodiy yondashuv va pedagogik mahoratni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida metodik fanlarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi xulosa qilingan
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
3. Dewey J. Democracy and Education. – New York: Macmillan, 1916.
4. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge: Harvard University Press, 1978.
5. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
7. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – Toshkent: OTM, 2003.
8. Muslimov N.A. Kasbiy kompetentlik va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2013.
9. Swanwick K. Teaching Music Musically. – London: Routledge, 1999.
10. Elliott D.J. Music Matters: A Philosophy of Music Education. – New York: Oxford University Press, 1995.
11. Rajabiy Y. O‘zbek maqomlari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1978.
12. Yusupova D. Musiqa o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
13. Karimova V.M. Pedagogika va psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
14. Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari va masofaviy ta’lim. – Toshkent: Fan, 2007.
15. Kodály Z. Selected Writings. – London: Boosey & Hawkes, 1974.

