ESKI O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILARINING ISHLATILISHI (“Devoni hikmat” asari misolida).

Authors

  • Ibodullayeva O‘g‘iloy Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 3- kurs talabasi Author

Keywords:

Eski o‘zbek tili, ko‘makchilar, Devoni hikmat, Ahmad Yassaviy, tarixiy grammatika, sof ko‘makchilar, funksional ko‘makchilar, morfologik tahlil, semantika, til taraqqiyoti.

Abstract

Ushbu maqolada eski o‘zbek tilida ko‘makchilarning qo‘llanish xususiyatlari Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ko‘makchilarning tarixiy taraqqiyoti, ularning mustaqil so‘z turkumlaridan kelib chiqishi hamda eski o‘zbek tilida qanday semantik va grammatik vazifalarni bajargani ko‘rib chiqilgan. Asardagi she’riy parchalar asosida uchun, birla, ichra, uzra, sori, so‘ngra, aro, yanglig‘, burun, qosh kabi ko‘makchilarning morfologik tuzilishi va ma’no xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘llanishi bilan qiyosiy jihatlari ham yoritib beriladi.

References

1. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. -528 b.

2. Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”(yangi topilgan hikmatlar). - Toshkent: “Movarounnahr” nashriyoti, 2004. - 83b.

3. Abdushukurov B. O‘zbek tili tarixi. - Toshkent: “Nodirabegim” nashriyoti, 2021. - 331b.

4. Фозилов Е. Ўзбек тилининг тарихий морфологийаси. - Тошкент: “Фан” нашрийоти, 1965. - 175б.

5. Рустамов Т. Соф кўмакчилар(Узбек тили соф кумак-чиларининг тарихий тараккиёти). -Тошкент: “Фан” нашрийоти, 1991. - 125б.

Downloads

Published

2026-03-15