ANDIJON, NAMANGAN VA FARG`ONADA IJTIMOIY YORDAM SHAKLLARI
Keywords:
ijtimoiy yordam, manzillilik, mahalla, nafaqa, moddiy yordam, ijtimoiy xizmat, kambag‘allikni qisqartirish, temir daftar, ayollar daftari, yoshlar daftari, ijtimoiy himoya, raqamlashtirish, Farg‘ona vodiysi.Abstract
Mazkur maqolada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 1991–2024-yillar davomida ijtimoiy yordam shakllarining bosqichma-bosqich rivojlanishi tahlil qilinadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalla institutlari orqali manzilli moddiy yordamni yo‘lga qo‘yish, keyingi davrlarda nafaqa va kompensatsiyalarni tartibga solish, 2017-yildan so‘ng kambag‘allikni qisqartirish siyosati doirasida mahallabay ishlash, 2020-yildan boshlab temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftari kabi ro‘yxatlar orqali ehtiyojmand qatlamlarni aniqlash, 2021-yildan esa kam ta’minlangan oilalarni axborot tizimi orqali baholash va nafaqalarni tayinlashning raqamlashtirilgan mexanizmlariga o‘tish jarayonlari yoritiladi. 2023–2024-yillarda ijtimoiy xizmatlar tizimini muvofiqlashtirish, ijtimoiy xodimlar instituti va hududiy markazlar faoliyatini kuchaytirish orqali yordamning faqat pul to‘lovi emas, balki ijtimoiy xizmatlar majmuasiga aylanishi asoslab beriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida: Farmon, 1994-yil 23-avgust, PF-938. Elektron resurs. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida: Qaror, 1994-yil 24-avgust, 434-son. Elektron resurs. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Kam ta’minlangan oilalarni Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida: Qaror, 2021-yil 21-oktabr, 654-son. Elektron resurs. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz.
4. Gazeta.uz. Temir daftar muqobillari yoshlar va ayollar: maqola, 2020-yil 20-avgust. Elektron resurs.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida: Farmon, 2023-yil 1-iyun, PF-82. Elektron resurs. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz.

