“XXI ASR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA TADQIQOTCHILIK TA’LIMI” (STRATEGIK MUAMMO VA YECHIMLAR)
Keywords:
XXI asr ko‘nikmalari, tadqiqotchilik ta’limi, tanqidiy fikrlash, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion pedagogika, ilmiy faoliyat.Abstract
Mazkur maqolada XXI asr ta’lim tizimida dolzarb hisoblangan tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ijodkorlik, hamkorlikda ishlash hamda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda tadqiqotchilik ta’limining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim yondashuvi o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirishi, ilmiy tafakkurini rivojlantirishi va amaliy muammolarni hal etish kompetensiyalarini shakllantirishdagi samaradorligi bilan tavsiflanadi. Maqolada tadqiqotchilik ta’limining nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari hamda uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur yondashuvning ta’lim sifati va o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga ijobiy ta’siri ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim amaliyotini takomillashtirishda metodik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
References
1. Abdurahmonov Q., “Tadqiqotchilik kompetensiyasi va uni shakllantirish metodlari”. Toshkent, 2021.
2. Qodirova D., “Hasanov B. Innovatsion pedagogika”. Toshkent: “Fan”, 2020.
3. To‘rayev X., “Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari”. 2019.

