INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING O‘Z FIKRLARINI IZCHIL BAYON QILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Rajabov Eldor Erkinovich Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Author

Keywords:

mantiqiy izchillik, mantiqiy bog`liqlik, metod, pedagogik texnologiya, kompetensiya, metodik yondashuv

Abstract

Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida ingliz tili xalqaro muloqot vositasi sifatida o‘quvchilarning kasbiy va shaxsiy hayotida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Til o‘rganishda grammatik bilim yetarli emas, balki o‘quvchi o‘z fikrini mantiqiy ketma-ketlikda, izchil va tushunarli tarzda ifodalash qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Bu jarayon til o‘qitish metodikasida coherence (mantiqiy izchillik) va cohesion (mantiqiy bog‘liqlik) tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, ingliz tili darslarida o‘quvchilarda izchil fikr bayon qilish kompetensiyasini rivojlantirish — zamonaviy metodik yondashuvlarning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘z fikrlarini izchil va mantiqli bayon qilish kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish metodlari yoritilgan. Maqolada nazariy asoslar, amaliy yondashuvlar, uchraydigan muammolar hamda texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar va mashg‘ulot namunasi taklif etiladi.

References

1. Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.

2. Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson.

3. Hedge, T. (2000). Teaching and Learning in the Language Classroom. Oxford University Press.

4. Jalolov, J. (2012). Chet tili o`tish metodikasi. “O`qituvchi” nashriyoti, Toshkent.

5. Richards, J. C., & Rodgers, T. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Downloads

Published

2026-01-06