BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING FAOLLIGINI OSHIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING O’RNI
Keywords:
rolli o’yinlar, suhbat metodi, muhokama metodi, interaktiv metodlarAbstract
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars jarayonidagi faolligini oshirishda interaktiv o’qitish metodlarining ahamiyati yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida o’quvchining bilimni passiv ravishda emas, balki faol ishtirok orqali egallashi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham interaktiv metodlar – aqliy hujum, munozara, rolli o’yinlar, guruhlarda ishlash, muammoli vaziyat yaratish kabi usullar orqali o’quvchilarni darsga jalb etish samarali yo’l sifatida qaraladi. Maqolada ushbu metodlarning mazmuni, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish yo’llari hamda natijaviylik jihatlari tahlil etadi. Shuningdek, interaktiv metodlar orqali o’quvchilarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, savol berish va muloqotga kirishish kabi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari ko’rsatib o’tilgan.

