YASHIL IQTISODIYOTI RIVOJLANISH TARIXI VA SHAKLLANISHI
Keywords:
tabiiy resurs, sanoat inqilobi, industriya, yashil iqtisodiyot, atrof muhit iqtisodiyot, konsepsiya,Abstract
Bugungi kunda global miqyosda yashil iqtisodiyotga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayon iqti-sodiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Yashil iqtisodiyot tushunchasi birinchi marta 1989-yilda Pearce, Markandya va Barbier tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uni “tabiiy resurslar va ekotizimlarni saqlab qolgan holda inson farovonligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat” deb ta’riflashgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturi (UNEP) ta’rifiga ko‘ra, yashil iqtisodiyot “inson farovon-ligini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash bilan bir vaqtda ekologik xavf va ekologik yetishmovchilikni sezi-larli darajada kamaytiradigan iqtisodiyot”dir. Bunda asosiy e’tibor resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, chiqindilarni kamaytirish va boshqarishga qaratiladi.